Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazi Boshlang‘ich B kursi tinglovchilari uchun Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Pedagogika va texnologik ta’lim kafedrasi professori Xamzayev Xaqnazar tomonidan “Kasbiy faoliyatni rivojlantirishda individual va hamkorlik faoliyatni tashkil etish metodikasi” mavzusida mazmunli master-klass dars tashkil etildi.

Dars davomida tinglovchilar:

— zamonaviy pedagogik yondashuvlar,
— individual va jamoaviy faoliyatni samarali tashkil etish usullari,
— ta’lim jarayonida hamkorlik muhitini shakllantirish yo‘llari bilan yaqindan tanishdilar.

Amaliy mashg‘ulotlar orqali ishtirokchilar o‘z bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlab, interfaol metodlardan foydalanish bo‘yicha tajriba orttirdilar.

Mazkur master-klass tinglovchilarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.