O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi arafasida markazimiz xodimlaridan bir guruhi ushbu tarixiy sana munosabati bilan ta’sis etilgan «Mustaqillikning 35 yilligi»esdalik nishoni bilan taqdirlandi.

Ushbu yuksak mukofot xodimlarimizning pedagogik mahorat va ta’lim sifatini oshirish sohasidagi samarali faoliyati, halol mehnati hamda vatanparvarlik ruhida amalga oshirilgan xizmatlarining munosib e’tirofidir.

Hamkasblarimizning ushbu fidokorona mehnati markaz rahbariyati tomonidan ham yuksak baholanib, alohida e’tirof etildi.

Shu bilan birga, markaz jamoasi va keng jamoatchilik ham ularni ushbu yuksak natija bilan qalban tabriklaydi va kelgusi faoliyatlarida yangi yutuqlar tilaydi.

#JizzaxPMM #Mustaqillik35 #1Sentabr