Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazida malaka oshirish kurslari tinglovchilari uchun yakuniy nazorat sinovlari hamda malaka ishlari himoyalari o‘zining eng mas’uliyatli va qizg‘in bosqichiga kirdi.

Ayni kunlarda auditoriyalarda nafaqat bilim, balki yillar davomida to‘plangan tajriba, izlanish va pedagogik mahorat samarasi namoyon bo‘lmoqda. Zamonaviy ta’lim yondashuvlarini chuqur o‘zlashtirgan pedagoglar o‘z kasbiy salohiyatini munosib tarzda namoyish etmoqdalar.

Malaka oshirish jarayoni har bir pedagog uchun yangi bilim va imkoniyatlar sari yetaklovchi muhim maktabdir. Yakuniy himoyalar esa ana shu mehnat, izlanish va intilishlarning amaliy ifodasi sifatida ta’lim sifati va samaradorligini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.