Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazida kafedralar tashabbusi asosida malaka oshirish kurslari tinglovchilari uchun mazmunli va amaliy ahamiyatga ega mahorat darslari tashkil etildi.

“Pedagogika va psixologiya, ta’lim texnologiyalari” kafedrasi tashabbusi bilan Sharof Rashidov tumanidagi 48-maktab direktori O‘rinboyev Ikrom Erkinovich Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari kursi tinglovchilari uchun sohaga doir dolzarb mavzu asosida mahorat darsi o‘tkazdi. Mashg‘ulot davomida ilg‘or ish tajribasi, zamonaviy yondashuvlar va amaliy tavsiyalarga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, “Amaliy fanlar va maktabgacha ta’lim” kafedrasi tomonidan musiqa fani o‘qituvchilari kursi tinglovchilari uchun Jizzax davlat pedagogika universiteti “Musiqiy ta’lim” kafedrasi dotsenti Bahbahor Xasanova ishtirokida “Xor jamoalari va musiqa to‘garaklarini tashkil etish” moduli bo‘yicha mahorat darsi tashkil etildi. Mashg‘ulot davomida qiziqarli o‘yin texnologiyalari, amaliy mashg‘ulotlar va ilg‘or pedagogik tajribalardan samarali foydalanildi.

Mazkur mahorat darslari tinglovchilarning kasbiy kompetensiyalarini mustahkamlash, nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish hamda ilg‘or tajribalarni ta’lim jarayoniga tatbiq etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Kasbiy mahorat — tajriba bilan boyiydi, amaliyot bilan mustahkamlanadi!