Jizzax shahridagi 19-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida boshlang‘ich sinf yetakchi o‘qituvchilari uchun navbatdagi “Kasbiy rivojlanish kuni” tadbirlari doirasida dars mashg’ulotlari bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida o‘quvchilarning bilim olishga bo‘lgan motivatsiyasini oshirish, dars jarayonida samarali natijalarga erishish hamda matnni anglash jarayonida psixologik va lingvistik omillarning o‘zaro bog‘liqligi kabi muhim masalalar muhokama qilindi.

Mentor Rashidova Nodira tomonidan amaliy tavsiyalar berilib, boshlang‘ich ta’limda o‘qituvchilarning kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratildi.