Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazida Vazir jamg‘armasi uchun saralashning ikkinchi bosqichi boshlandi.
Bu jarayon oddiy suhbat emas — yillar davomida to‘plangan tajriba, izlanish, fidoyilik va kasbga muhabbatning namoyonidir. Har bir ishtirokchi ortida yuzlab o‘quvchilar taqdiri, erishilgan yutuqlar va ustozlik sharafi mujassam.
Suhbatlar ochiqlik va adolat tamoyillari asosida tashkil etilib, pedagoglarning bilim va salohiyatini xolis baholashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Ta’lim rivoji avvalo ustoz rivojidan boshlanadi. Shu bois ushbu saralash nafaqat eng munosib pedagoglarni aniqlash, balki ilg‘or tajribalarni qo‘llab-quvvatlash va ta’lim sifatini yuksaltirishga xizmat qiladi.
Barcha ustozlarga kuch-g‘ayrat, ishonch va munosib muvaffaqiyat tilaymiz! Ularning har bir yutug‘i ta’lim ravnaqi yo‘lidagi muhim qadamdir.