
Ayni daqiqalarda Jizzax shahridagi Prezident maktabida tashkil etilgan forumda ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish, ilg‘or pedagogik tajribalarni ommalashtirish hamda ustozlar o‘rtasida tajriba almashish maqsadida turli yo‘nalishlarda sho‘ba mashg‘ulotlari, mahorat darslari va amaliy seminarlar o‘tkazilayapti.
Forumda viloyatimizning ilg‘or va tashabbuskor pedagoglari ishtirok etib, zamonaviy ta’lim yondashuvlari, samarali metodlar hamda kasbiy rivojlanish borasida o‘zaro fikr almashishyapti.