Ayni daqiqalarda Jizzax shahridagi Prezident maktabida tashkil etilgan forum doirasida ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish, ilg‘or pedagogik tajribalarni ommalashtirish va ustozlar o‘rtasida samarali tajriba almashinuvini yo‘lga qo‘yish maqsadida turli yo‘nalishlarda sho‘ba mashg‘ulotlari, mahorat darslari hamda amaliy seminarlar qizg‘in davom etmoqda.

Unda Jizzax viloyati Pedagogik mahorat markazi Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi xodimlari hamda markazning boshqa xodimlari faol ishtirok etib, o‘zlarining ilg‘or tajriba va metodik ishlanmalarini namoyish etmoqda.

Forum — ilg‘or g‘oyalar, zamonaviy yondashuvlar va amaliy tajribalar uyg‘unlashgan, pedagogik mahoratni yanada yuksaltirishga xizmat qiluvchi muhim muloqot maydoniga aylanmoqda.

JizPMM Axborot xizmati