Seminar davomida darslarni xalqaro tajribalar asosida kuzatish, ularni samarali tahlil qilish hamda o‘qituvchilarga konstruktiv fikr-mulohaza berish usullari yuzasidan fikr almashildi.

Tadbir pedagoglar uchun tajriba almashish va zamonaviy metodik yondashuvlarni muhokama qilish maydoniga aylandi.

Seminarda British Council koordinatori Baxtiyor Perdeshev, Prezident maktabi o‘qituvchisi Waseem Ahmad, markaz direktor o‘rinbosari A. Rahmatullayev, Tillarni o‘qitish metodikasi kafedrasi mudiri U. Murodova hamda viloyat mentor-o‘qituvchilari ishtirok etdilar.