Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazi nufuzli xalqaro maydon — EURIE 2026 sammitida munosib ishtirok etmoqda. Ushbu yirik anjuman ta’lim sohasidagi global yetakchilarni birlashtirib, ilg‘or g‘oyalar, innovatsion yondashuvlar va samarali hamkorliklar maydoniga aylanmoqda.

Sammit doirasida markaz vakillari xorijiy tajribalarni chuqur o‘rganish, zamonaviy ta’lim tendensiyalarini tahlil qilish hamda istiqbolli hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha faol muloqotlar olib bormoqda. Har bir uchrashuv va fikr almashinuvi yangi g‘oyalar, yangicha qarashlar va amaliy yechimlar bilan boyitilmoqda.

Mazkur ishtirok nafaqat markaz faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish, balki pedagog kadrlar salohiyatini oshirish, ta’lim sifatini yanada yuksaltirishga xizmat qiluvchi muhim qadam sifatida e’tirof etilmoqda.

 

Xalqaro maydonda orttirilayotgan tajriba va kengayib borayotgan hamkorlik aloqalari — ertangi taraqqiyot va sifatli ta’limning mustahkam poydevoridir.