Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazi Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi Tarbiya fani metodisti Xolbo‘taeva Dilfuza Usmon qizi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.
“Pedagogika turkum fanlarini o‘qitish jarayonida bo‘lajak o‘qituvchilarning refleksiv-madaniy dunyoqarashini tarbiyalash metodikasi” mavzusidagi ilmiy tadqiqot zamonaviy pedagogika ta’limida refleksiv tafakkur, kasbiy kompetensiya va ma’naviy-madaniy yondashuvlarni rivojlantirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Ushbu yutuq izlanish, ilmga sadoqat va fidokorona mehnatning munosib samarasi bo‘lib, Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazi ilmiy salohiyatining yana bir muhim natijasi sifatida e’tirof etilmoqda.
Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazi rahbariyati va jamoasi Dilfuza Usmon qizini ushbu muvaffaqiyat bilan samimiy muborakbod etadi hamda kelgusidagi ilmiy faoliyatida ulkan zafarlar tilaydi!