Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazi “Aniq va tabiiy fanlar metodikasi” kafedrasi hamda tabiiy fan o‘qituvchilari kursi tinglovchilari ishtirokida “Loyihalar ko‘rgazmasi” tashkil etildi.
Darslar avvalida ko‘tarinki kayfiyat va motivatsion ruhda o‘tkazilgan tadbir tinglovchilar uchun o‘ziga xos ilmiy va ijodiy maydonga aylandi. Ko‘rgazmada taqdim etilgan loyihalar, amaliy ishlanmalar va qiziqarli savol-javoblar ishtirokchilarning katta qiziqishiga sabab bo‘ldi.
Namoyish etilgan har bir loyiha zamirida zamonaviy ta’lim, kreativ yondashuv va amaliy tajriba mujassam bo‘lib, pedagoglarning izlanish va yangilikka intilish ruhini yaqqol namoyon etdi.
Tadbir loyihaviy ta’limni rivojlantirish, innovatsion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash hamda pedagoglarning kasbiy kompetensiyalarini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.