Jizzax viloyati Pedagogik mahorat markazida Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi oyligi doirasida 2026-yil 4-fevral kuni aniq va tabiiy fanlar tinglovchilari uchun onlayn davra suhbati tashkil etildi. Unda matematika va informatika darsliklari muallifi Bаxodir Xaydarov hamda tabiiy fanlar darsliklari mualliflari Dilafruz Azamatova va Mariyam Xojiyevalar ishtirok etib, yangi darsliklarning mazmun-mohiyati haqida muhim fikrlar bildirdilar.

Ta’kidlanganidek, topshiriq va vazifalar orqali o‘quvchilarda tanqidiy va ijodiy fikrlash, muammolarni hal qilish, samarali muloqot va hamkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish asosiy maqsad hisoblanadi. Qiziqarli savol-javoblarga boy bo‘lgan davra suhbatida tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda darsliklar yuzasidan taklif-mulohazalarini bildirdilar.


Bunday uchrashuvlar ta’lim sifatini oshirish, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirishga xizmat qiladi.