Joriy yilning 8-aprel kuni aprel oyi malaka oshirish kurslarining “Tarix” va “Davlat va huquq asoslari” yo‘nalishi tinglovchilari uchun Jizzax shahridagi “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyiga ekskursiya uyushtirildi. Tadbir Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 4-noyabrdagi 691-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazildi.
Shuningdek “Qatag‘on qurbonlarini yod etish orqali yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Suhbat davomida tarixiy xotirani tiklash, dars jarayonida mavzuni yoritish hamda vatanparvarlik tarbiyasini kuchaytirishning ilmiy-metodik jihatlari muhokama qilindi.
Mazkur tadbirlar pedagoglarning kasbiy va ma’naviy salohiyatini oshirishga xizmat qildi.