«Ijod yoshlari» respublika tanlovi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumiy oʻrta ta’lim muassasalarining 5-6-sinf oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkaziladi.

Tanlov 2 bosqichda:
tuman (shahar) bosqichi,
viloyat bosqichida tashkil etiladi.

Tuman, (shahar) hamda viloyat bosqichi – joriy yilning may oyida boʻlib oʻtadi.

“Ijod yoshlari” tanlovining asosiy maqsadi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 5-6-sinflarida ta’lim olayotgan yosh ijodkor oʻquvchilarni aniqlash, ularning ijodiy qobiliyatlarini yanada rivojlantirish, nazm, nasr, badiiy publitsistika, adabiyotshunoslik yoʻnalishlari boʻyicha iste’dod va qiziqishlarini yanada oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratishdan iborat.

Tanlovning ikkinchi (viloyat) bosqichida 1-, 2-, 3-o‘rinlarni egallagan 6-sinf oʻquvchilari navbatdagi oʻquv yilidan ijod maktablariga belgilangan qabul parametrlari doirasida imtihonsiz qabul qilinadi.

Shuningdek, 1-, 2-, 3-oʻrinlarga sazovor boʻlgan 5-sinf oʻquvchilari kelgusi yilda mazkur tanlovning ikkinchi (viloyat) bosqichida toʻgʻridan-toʻgʻri ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritadi.

2024-2025-o‘quv yilida tanlovda ishtirok etib g‘oliblikni qo‘lga kiritgan va hozirgi kunda 5-sinfda ta’lim olayotgan o’quvchilar tanlovning ikkinchi ( viloyat) bosqichida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etadi.

Tanlovda qatnashish uchun joriy yilning 15-aprelidan 25-apreliga qadar (shu kuni ham) ijodyoshlari.piima.uz onlayn platformasida roʻyxatdan oʻtish lozim.