Jizzax viloyati Pedagogik mahorat markazida “Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar” kafedrasi tashabbusi bilan tarix fani o‘qituvchilari uchun “Qonunga ongli ravishda bo‘ysunishni hayot tarziga aylantirishda ustoz namunasining ahamiyati” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbir davomida qatag‘on qurbonlari hayoti va faoliyati misolida qonun ustuvorligi, adolat, fuqarolik mas’uliyati hamda huquqiy madaniyatning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni chuqur tahlil qilindi. Ayniqsa, yosh avlod qalbida qonunga hurmat, huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik va vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirishda ustozning shaxsiy namunasi eng kuchli tarbiya vositasi ekani alohida ta’kidlandi.

Davra suhbatida professor-o‘qituvchilar va kurs tinglovchilari tomonidan huquqiy ongni rivojlantirish, qonun-qoidalarga ongli amal qilishni kundalik hayot mezoniga aylantirish hamda ta’lim jarayonida zamonaviy ilmiy-metodik yondashuvlarni samarali qo‘llash yuzasidan mazmunli fikr va takliflar bildirildi.

“Huquqiy jamiyat ta’limdan, huquqiy madaniyat esa shaxsiy namunadan boshlanadi!” shiori ostida o‘tgan ushbu tadbir ma’naviy-ma’rifiy jihatdan yuksak ahamiyat kasb etdi.