2026-yil 21-oktyabr kuni Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazida “Ta’limda pedagogik va psixologik yordam uyushtirishning muammo va yechimlari: ta’lim-tarbiya jarayonida zamonaviy yondashuvlar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkaziladi.

Konferensiyada professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, magistrantlar, tinglovchilar, talabalar va soha mutaxassislari o‘z ilmiy maqola va tezislari bilan ishtirok etishlari mumkin.

ASOSIY YO‘NALISHLAR:

Pedagogik va psixologik yordam hamda inklyuziv ta’lim.
Innovatsion texnologiyalar va IT vositalari orqali ta’lim sifatini oshirish.
Ijtimoiy fanlar va tillarni o‘qitishda xorijiy tajriba va innovatsiyalar.
Kadrlar sifati va xorijiy til o‘qituvchilarining malakasini takomillashtirish.
Kasbiy rivojlanishning dolzarb masalalari.
Result Based Management asosida ta’limda loyihalarni boshqarish.

Maqolalar qabul qilish muddati: 2026-yil 15-oktyabrgacha

Konferensiya materiallari to‘plam ko‘rinishida chop etiladi hamda Google Scholar bazasida indekslanadi. Har bir muallifga elektron sertifikat va tashakkurnoma taqdim etiladi.

Ishchi tillar: o‘zbek, rus, ingliz tillari.
Ishtirok shakli: oflayn va onlayn.

Murojaat uchun:
+998 95 255 55 75 — M. Tilakova
+998 97 435 81 41 — A. Tajiboyev

Ilmiy g‘oyangizni taqdim eting — tajribangizni ulashing!