Joriy yilning 24-aprel kuni Toshkent shahrida Jizzax viloyati Pedagogik mahorat markazi hamda Toshkent iqtisodiyot va pedagogika universiteti o‘rtasida amaliy va metodik hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida memorandum imzolandi.
Mazkur hamkorlik ta’lim tizimida integratsiyani kuchaytirish, ilg‘or pedagogik tajribalarni almashish, kadrlar tayyorlash samaradorligini oshirish hamda ta’lim jarayonida uzviylik va uzluksizlikni ta’minlashga xizmat qiladi. Shartnoma doirasida ikki tomon o‘rtasida ilmiy-metodik hamkorlikni rivojlantirish, seminar va treninglar tashkil etish, tajriba almashish ishlari tizimli ravishda amalga oshiriladi.
Ushbu memorandum — ta’lim sifatini oshirish yo‘lida yangi bosqich, yangi imkoniyatlar demakdir.