
“Boshlang‘ich va maxsus ta’lim metodikalari” kafedrasi tomonidan fan oyligi doirasida markazning “Boshlang‘ich ta’lim” S va D guruhlari tinglovchilari buyuk o‘zbek adabiyotining yorqin namoyandalari Hamid Olimjon va Zulfiya hayoti va ijodiga bag‘ishlangan muzeyga tashrif buyurdilar.
Tashrif davomida tinglovchilar ijodkorlarning hayot yo‘li, serqirra ijodiy faoliyati va o‘zbek adabiyoti rivojiga qo‘shgan beqiyos hissasi bilan yaqindan tanishdilar. Muzeydagi tarixiy eksponatlar va ijodkorlarga oid qimmatli manbalar tinglovchilarda katta taassurot qoldirdi.
Bunday ma’naviy-ma’rifiy tashriflar pedagoglarning milliy adabiyotga bo‘lgan hurmatini yuksaltirish, ma’naviy dunyoqarashini boyitish hamda yosh avlodga milliy qadriyatlarni yetkazishdagi kasbiy mas’uliyatini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Adabiy meros — millat ma’naviyatining boqiy xazinasi.