Jizzax viloyat pedagogik mahorat markazi Pedagogika va psixologiya, ta’lim texnologiyalari kafedrasi tomonidan Mirzacho‘l tumanidagi 18-, 5-, 17- va 4-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ta’lim sifati va kursdan keyingi samaradorlikni oshirishga qaratilgan amaliy metodik yordam tadbirlari tashkil etildi.
Tashrif davomida kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan zamonaviy va innovatsion metodlar asosida mahorat darslari o‘tkazilib, ilg‘or pedagogik tajribalar amaliyotga joriy etildi.
Ushbu tashabbus pedagoglarning kasbiy salohiyatini oshirish va ta’lim samaradorligini kuchaytirishga xizmat qilmoqda.