Tadbirda “Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar” kafedrasi mudiri S. Karimov Konstitutsiyaning davlat va jamiyat hayotidagi o‘rni, inson huquq va erkinliklarini ta’minlashdagi ahamiyati haqida so‘z yuritib, uni chuqur o‘rganish har bir fuqaroning muhim vazifasi ekanini ta’kidladi.

Davra suhbatida tarix va tarbiya yo‘nalishi tinglovchilari tomonidan konstitutsiyaning yaratilish tarixi, asosiy tamoyillari hamda fuqarolik burchlari yuzasidan mazmunli ma’ruzalar taqdim etildi. Chiqishlar tinglovchilarda katta taassurot qoldirdi.

Shundan so‘ng markaz metodisti Sh. Saidmurodov tashabbusi bilan “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi. Unda turli yo‘nalish tinglovchilari faol ishtirok etib, o‘z bilim va fikrlash ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazdilar.

Tadbir yakunida faol qatnashgan tinglovchilar rag‘batlantirildi. Mazkur uchrashuv Konstitutsiyaning jamiyatimizdagi o‘rni va ahamiyatini yanada chuqur anglashga xizmat qildi.