Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazi Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim metodikalari kafedrasi tashabbusi bilan Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Pedagogika va texnologik ta’lim kafedrasi dotsenti, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Yunusov Dilshod Rahmatovich hamda dotsent Xamzayev Haqnazar tomonidan boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi tinglovchilari uchun “Matematika darslarida ma’lumotlar (jadval, sxema, diagramma) bilan ishlashning zamonaviy shakllari” mavzusida ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi.
Seminar davomida tinglovchilarga matematik mazmunlarni tushuntirishda jadval, sxema va diagrammalardan samarali foydalanish usullari, ularning o‘quv jarayonidagi ahamiyati hamda interaktiv ta’lim texnologiyalarini qo‘llashning zamonaviy imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.Seminar jarayonida tinglovchilar turli amaliy topshiriqlar asosida jadval tuzish, sxema yaratish, diagramma bilan ishlash ko‘nikmalarini mustahkamlash imkoniga ega bo‘ldilar. Ushbu yondashuv o‘quvchilarda mantiqiy tafakkur, tahlil qilish va umumlashtirish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Tadbir matematika fanini o‘qitishda innovatsion yondashuvlarni keng joriy etish va sifatli ta’limni ta’minlashga muhim hissa bo‘ldi.