Jizzax shahridagi 1-, 3- va 22-umumiy o‘rta ta’lim maktablarida Tabiiy fanlar yo‘nalishida o‘tkazilgan Kasbiy rivojlanish soati (KRS) tadbirlari Jizzax viloyati Pedagogik mahorat markazi Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi metodistlari K. Bekmuratova va G. Kamaljonovalar tomonidan kuzatildi.Tadbirda “O‘quvchilarga yo‘naltirilgan o‘rganish muhitini yaratish” mavzusi zamonaviy va samarali yondashuvlar asosida yoritildi. Ochiq muloqot, amaliy misollar va fikr almashinuvi pedagoglar faoliyatiga qo‘shimcha ruh va yangicha qarash bag‘ishladi.Kasbiy rivojlanish soati jarayonlari o‘quvchilarda faollik, mustaqil fikrlash hamda ilmiy izlanishga qiziqishni kuchaytirgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.