Sharof Rashidov tumani 12-umumiy o‘rta ta’lim maktabida rus tili fani o‘qituvchilari ishtirokida kasbiy rivojlanish soati tadbirlari tashkil etildi. Tadbir dinamik va mazmunan boy tarzda o‘tdi.Dastur doirasida o‘quvchilar tomonidan raqslar va rus adabiyoti namunalaridan she’rlar ijro etildi. Bu chiqishlar ma’naviy muhitni yanada boyitdi hamda tadbirga ijodiy ruh bag‘ishladi.O‘qituvchilar uchun amaliy pedagogik mahorat treninglari o‘tkazilib, dars samaradorligini oshirishga qaratilgan kreativ metodlar taqdim etildi. Treninglar ishtirokchilarda faol o‘zaro muloqot, tajriba almashinuvi va yangi yondashuvlarni o‘zlashtirishga imkoniyat yaratdi.Tadbir rus tili fani o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyasini yanada rivojlantirish, zamonaviy ta’lim tendensiyalarini amaliyotga joriy etishga xizmat qildi.