Maktab CIS (Council of International Schools) tomonidan akkreditatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tdi. Bu ta’lim sifatining xalqaro standartlarga javob berishini bildiradi.Avvalroq Toshkent, Nukus, Xiva, Namangan, Farg‘ona, Andijon, Nurafshon va Buxoro shaharlaridagi Prezident maktablari Xalqaro maktablar kengashi a’zoligiga qabul qilingan edi.

Bu a’zolik ta’lim muassasasining xalqaro miqyosda tan olinganidan darak beradi, shuningdek, o‘quvchilarga chet eldagi TOP universitetlarda to‘liq grant yutish imkoniyatini kengaytiradi.