Jizzax viloyati Pedagogik mahorat markazi quyidagi lavozimlar bo’yicha ichki tanlov e’lon qiladi!
Maktabgacha ta’limni muvofiqlashtirish bo‘limi
✅ Bo‘lim boshlig‘i lavozimiga – 1 sht.b
Nomzodga qo‘yiladigan talablar:
Ma’lumoti: Oliy, bakalavr diplomi (magistratura diplomi mavjudligi afzallik beradi).
Mutaxassisligi: Pedagogika, maktabgacha ta’lim yo‘nalishlari.
Mehnat staji: Kamida 3 yil umumiy mehnat staji;
Shundan kamida 1 yil ta’lim sohasida ma’muriy-boshqaruv lavozimlarida yoki soha yo‘nalishi bo‘yicha ish tajribasi.
Kompyuter va AKT savodxonligi:Microsoft Office dasturlari (Word, Excel, PowerPoint va h.k.);
Qo‘shimcha talablar va bilimlar:
Qonunchilik bilimlari: O‘zbekiston Respublikasining «Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida», «Ta’lim to‘g‘risida», «Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida«gi qonunlaridan to‘liq xabardorlik.
Til bilish darajasi: Davlat tilini mukammal bilish (rus, ingliz va boshqa xorijiy tillarni bilish afzallik beradi).
Kasbiy ko‘nikmalar: Soha bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar va standartlarni bilish hamda ulardan xabardor bo‘lish; Doimiy ravishda malakasini oshirganlik; Lavozim majburiyatlarida keltirilgan vazifalarni sifatli va mas’uliyat bilan bajarish ko‘nikmalariga ega bo‘lish.
OAVda e’lon qilingan kundan boshlab 13.08.2026 dan 07.09.2026 gacha quyidagi manzilda qabul qilinadi:
Manzil: Jizzax shahri, I. Karimov ko‘chasi, 6-uy
📞 Aloqa uchun: (+99895) 811-94-00