Bugun o‘qituvchilarimizni Kuala-Lumpurda iliq kutib olishdi. Mehmonlarga shahar bo‘ylab mazmunli ekskursiya tashkil qilinib, Malayziyaning zamonaviy hayoti, ta’lim tizimi va ilmiy muhitiga oid dastlabki taassurotlar ulashildi.
Shuningdek, hafta davomida o‘tkaziladigan o‘quv-amaliy mashg‘ulotlar dasturi bilan batafsil tanishtirildi. Ertadan boshlab o‘qituvchilarimiz zamonaviy pedagogik yondashuvlar, metodik innovatsiyalar hamda xalqaro tajriba almashinuvi bo‘yicha mashg‘ulotlarda ishtirok etadilar.P.S. Prezidentimizning 15 may 2025 yildagi videoselektor yig‘ilishida maktab o‘qituvchilarining xorijda malaka oshirishini ta’minlash bo‘yicha bergan aniq topshirig‘i ushbu tashrifning asosiy yo‘nalishini belgilab berdi. Mazkur topshiriq ijrosi doirasida G‘allaorol, Baxmal, Forish va Zomin tumanlari hokimliklari tashabbusni faol qo‘llab-quvvatlab, o‘z tumanlari o‘qituvchilarining Malayziyaga kelib o‘qish va amaliyot o‘tashlari uchun zarur yordam, shart-sharoit va homiylikni ayamadi. Ularning bu amaliy ko‘magi ta’lim sifatini oshirish, pedagoglarimizning malakasini xalqaro darajada yuksaltirish yo‘lidagi fidoyilik va mas’uliyatning yorqin namunasi bo‘lib xizmat qilmoqda.