Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazi metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi metodistlari tomonidan Arnasoy va Do‘stlik tumanlaridagi 8-sonli va 14-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘tkazilgan “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlari jarayonlari o‘rganildi hamda o‘qituvchilarga amaliy-metodik ko‘mak berildi.Tadbirlar o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini yanada yuksaltirish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish va ta’lim sifati oshishiga xizmat qilmoqda.