Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazining “Psixologiya” kursi tinglovçisi Aşurova Maftuna Alişerovna tomonidan “Şaxs bilan işlaşda amaliyotçi psixolog faoliyatining dolzarbligi” mavzusida mahorat darsi taşkil etildi.

Har bir inson alohida olam ekan, uni tuşuniş uçun psixologdan çuqur bilim, sabr va çinakam mahorat talab etiladi. Bugungi kunda maktab psixologi faqat test ötkazuvçi mutaxassis emas, balki öquvçining içki dunyosini anglaydigan, ota-ona va öqituvçi örtasida köprik vazifasini bajaradigan, qiyin vaziyatda birinçi bölib yordam qölini çözadigan insondir.

Mahorat darsida şaxsni örganiş, uning individual xususiyatlarini aniqlaş, işonçli muloqot örnatiş va psixologik yordam körsatişning amaliy yöllari, şuningdek, amaliyotçi psixologning kasbiy etikasi va mas’uliyati haqida söz yuritildi. Maşğulot tinglovçilar uçun nazariy bilimlarni amaliyot bilan boğlaş va ta’lim muassasalarida psixologik xizmat sifatini oşiriş yölida foydali tajriba böldi.