Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazida Boshlanğich ta’lim S guruhi tinglovçilari uchun Jizzax davlat pedagogika universitetining “Boshlanğich ta’lim pedagogikasi” kafedrasi öqituvçisi pedagogika fanlari böyiça falsafa doktori (PhD) Muxayyo Muminjonova tomonidan “Zamonaviy pedagog faoliyatiga qöyiladigan talablar” mavzusida mahorat darsi ötkazildi.
Mashğulot davomida “Aqliy hujum”, “Rasmli jumboq”, rebuslar va diqqatni rivojlantiruvçi maşqlar orqali tinglovçilarning ijodiy fikrlaşi hamda faolligi rağbatlantirildi.
Şuningdek, pedagogik mahoratning muhim jihatlari, zamonaviy öqituvçining kasbiy kompetensiyalari, şaxsiy fazilatlari va pedagogik qobiliyatlari amaliy misollar asosida yoritildi.
Interfaol yondaşuvlarga boy mahorat darsi tinglovçilar uchun bilim, tajriba va yangi pedagogik ğoyalar almaşinuvi maydoniga aylandi.