Ustoz ovozi — islohot mezoni: Pedagogik mahorat markazi rahbari sayyor qabul ötkazadi

Har qanday jamiyatning ertangi kuni bugungi sinfxonada şakllanadi. Farzandlarimiz qalbiga ilm nurini soçayotgan, yurtimiz kelajagini kamol toptirayotgan ustoz va murabbiylar esa ta’lim tizimida amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlarning boş ijroçisi va harakatlantiruvçi kuçidir. Şunday ekan, ularning fikri, taklifi va dardini tinglaş, muammolariga joyida, keçiktirmasdan yeçim topiş bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridan biridir.

Aynan şu maqsadda Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazi direktori Ijod Axmedov viloyat, şahar va tumanlardagi barça ta’lim muassasalari pedagoglari, ta’lim sohasi xodimlari hamda sohaga oid jismoniy va yuridik şaxslar vakillari bilan sayyor qabul ötkazadi.

📅 Sana: 2026-yil 16-noyabr (duşanba)
📍 Manzil: Jizzax viloyati, Şarof Raşidov tumani, Kuyovboşi QFY, Kuyovboşi MFY, 62-maktab

Uşbu qabul — idoralar ostonasida navbat kutiş emas, balki rahbar bilan yuzma-yuz, oçiq va samimiy muloqot qiliş imkoniyatidir. Unda pedagoglar malakasini oşiriş, kasbiy mahoratni yuksaltiriş, ilğor va zamonaviy metodikalarni amaliyotga tatbiq etiş, şuningdek, ta’lim sohasiga oid boşqa dolzarb masalalar yuzasidan taklif, murojaat va savollaringizni bevosita markaz rahbariga yetkazişingiz mumkin.
Har bir murojaat çuqur örganiladi, har bir taklif e’tibor bilan körib çiqiladi, hal etilişi lozim bölgan masalalar esa nazoratga olinadi. Zero, ustozning muammosi hal bölgan joyda ta’lim sifati yuksaladi.

📱 Qabulni taşkil etişga mas’ul xodim:
M. Ibragimov, +998 91 593 33 37

Hurmatli ustozlar! Sayyor qabulda faol iştirok etişga çorlaymiz. Sizning fikringiz — ta’lim sifatini oşirişning eng muhim omili, sizning taklifingiz — islohotlar samarasining kafolati!