Zamonaviy ta’limga sun’iy intellektni joriy etiş va ilğor tajribalarni baham köriş maqsadida Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazi jamoasi Qaşqadaryo viloyatidagi hamkasblari huzuriga taşrif buyurdi.

Taşrifning eng yorqin voqeasi – «Sun’iy intellekt asosida ta’lim vositalarining fanlarni öqitişdagi imkoniyatlari: tajriba va tahlil» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya böldi. Unda jizzaxlik mutaxassislar özlarining teran ilmiy-metodik ma’ruzalari bilan qatnaşib, sun’iy intellekt orqali ta’lim samaradorligini oşiriş va pedagoglarning raqamli malakasini rivojlantiriş yuzasidan muhim tahliliy yondaşuvlarni ilgari surdilar.

Qizğin ilmiy munozaralardan söng, mehmonlar mezbon markazning faoliyati, yaratilgan zamonaviy şart-şaroitlar va innovatsion öquv auditoriyalari bilan yaqindan tanişdilar.

Ikki viloyat mutaxassislarining bunday mazmunli muloqoti kelajak avlodga yanada sifatli va zamon talablariga mos ta’lim beriş yölidagi mustahkam hamkorlik köprigiga aylandi.