Jizzax viloyati Pedagogik mahorat markazida oktyabr oyida malaka oşiriş kurslarida tahsil olgan tinglovçilarning yakuniy nazorat va malaka işi himoyasi jarayonlari qizğin pallaga kirdi.
Bir oy avval ular bu yerga yangi bilim izlab kelgan edi. Endi esa öz izlanişlari, tajribasi va ğoyalari bilan minbarga çiqmoqda. Kimdir dars samaradorligini oşirişning yangi yölini topgan, kimdir öquvçi qiziqişini uyğotadigan öz metodini yaratgan. Har bir malaka işi — sinfxonada sinalgan, hayotdan olingan tajriba.
Işlar komissiya tomonidan amaliy ahamiyati, yangiligi va ta’limdagi samaradorligi böyiça baholanmoqda.
Öqituvçi örganişdan töxtamas ekan, maktab ham, öquvçi ham yuksalib boraveradi. Zero, himoya qilinayotgan har bir ğoya ertaga minglab bolalar uçun sifatli dars bölib qaytadi.