Jizzax viloyati Pedagogik mahorat markazida tashkil etilgan xalqaro ilmiy-amaliy anjuman ishtirokchisi — Oʻ.Jәnibekov nomidagi Janubiy Qozogʻiston pedagogika universiteti “Biologiya” kafedrasi mudiri, b.f.n., dotsent Abubakirova Azhar Abdugapparovna oʻz fikrlari va iliq tilaklarini yoʻlladi:
«Jizzax viloyati Pedagogik mahorat markazi rahbariyati hamda anjuman tashkilotchilariga jamoamiz nomidan samimiy minnatdorchilik bildiramiz. Konferensiya yuksak saviyada tashkil etildi. Ilm yoʻlidagi doʻstona hamkorligimiz bardavom boʻlsin!»
