Maktabgacha ta’lim — bolaning mustaqil shaxs sifatida shakllanishidagi asosiy poydevor. Jizzax viloyatidagi 14 ta tayanch maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib o‘tgan navbatdagi “Metodik mahorat kuni” ayni shu jarayonni yanada samarali yo‘lga qo‘yishga bag‘ishlandi.
Tadbir davomida trener-mentorlar MTT direktor o‘rinbosarlari hamda Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazi xodimlari bilan bolalar rivojlanishining 5 ta asosiy sohasi talablarini tahlil qilib, tarbiyalanuvchilarda mustaqil fikrlash, muloqot va ijodkorlikni oshirish usullarini ko‘rib chiqdilar.
Interaktiv metodlar, didaktik o‘yinlar va amaliy guruh mashg‘ulotlari orqali ishtirokchilar yangi metodik modellarni o‘zlashtirib, o‘zaro tajriba almashish imkoniga ega bo‘ldilar.