Bayram arafasida Jizzax viloyat pedagogik mahorat markazining professor-o‘qituvchilari va xodimlari ona tilimizga bag‘ishlangan ma’rifiy tadbirni yuksak ko‘tarinki ruh va uyoqlik bilan qarshi oldilar. Mazkur tadbir markazning Tillarni o‘qitish metodikasi kafedrasi tashabbusi bilan yuqori saviyada tashkil etildi.

«Birgalikda o‘rganamiz, birgalikda o‘samiz!» shiori ostida o‘tgan mazkur jarayon an’anaviy formatdan farqli o‘laroq, noan’anaviy yondashuvlar, mazmunli va qiziqarli savol-javoblarga boy bo‘ldi. Professor-o‘qituvchilar va xodimlarning faol ishtirokida o‘tgan bunday ma’rifiy kechalar milliy g‘ururni yanada yuksaltirib, ona tilimizning beqiyos boyligi va jozibasini yaqqol namoyon etdi.

Zero, ustoz-murabbiylarning o‘z kasbiy faoliyatlarida ona tiliga bo‘lgan cheksiz ehtiromi yosh avlodni vatanparvarlik va savodxonlik ruhida tarbiylashning muhim poydevori hisoblanadi.

Ona tilimizning nufuzi hamisha baland, qadri esa abadiy bo‘lsin!