Ana shu dolzarb savollar 21-oktabr kuni Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazida bo‘lib o‘tadigan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaning diqqat markazida bo‘ladi.

“Ta’limda pedagogik va psixologik yordam uyushtirishning muammo va yechimlari: ta’lim-tarbiya jarayonida zamonaviy yondashuvlar” mavzusidagi anjuman O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Ozarbayjon, Malayziya va Indoneziya olimlari hamda ta’lim sohasi mutaxassislarini birlashtiradi.

Konferensiyada pedagogik mahorat, psixologik yordam, innovatsion texnologiyalar, kasbiy rivojlanish va ta’lim boshqaruvidagi ilg‘or tajribalar muhokama qilinadi.

Bu — ilmiy fikrlar tutashadigan, tajribalar almashiladigan va ta’limning ertangi taraqqiyoti uchun yangi tashabbuslar tug‘iladigan maydon!

21-oktabr, 2026-yil
09:00
Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazi

Zoom havolasi:https://us06web.zoom.us/j/86470885202?pwd=Q0i7vsZR7nUZpPv5DiSE0Q4Osyhs2O.1

Ilm-fan va taraqqiyot yo‘lida birlashadigan xalqaro anjumanga marhamat!