Sifatli ta’lim, avvalo, o‘z kasbidan mamnun, ruhiy barqaror va doimiy izlanishdagi ustozdan boshlanadi.
17-oktabr kuni Jizzax shahridagi 19-umumiy o‘rta ta’lim maktabida boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha Kasbiy rivojlanish kuni (KRK) mashg‘uloti tashkil etildi. Rashidova Nodira Shavkatovna rahbarligida o‘tgan mashg‘ulot “Pedagogning kasbiy farovonligi va barqarorligini ta’minlash — samarali ta’limning asosiy omili” mavzusiga bag‘ishlandi.
Jarayonda boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy farovonligini mustahkamlash, sog‘lom pedagogik muhit yaratish, o‘zaro tajriba almashish va ta’lim samaradorligini oshirish masalalari diqqat markazida bo‘ldi.
