Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazida geografiya fani o‘qituvchilari malaka oshirish kursi tinglovchilari uchun “Geografiya darslarida interaktiv xaritalardan foydalanish” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.

Mashg‘ulotni Jizzax davlat pedagogika universiteti Tabiiy fanlar fakulteti Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari kafedrasi dotsenti I. Karimov olib bordi. Tinglovchilar interaktiv xaritalarning didaktik imkoniyatlari, geografik jarayonlarni vizuallashtirish, elektron xarita qatlamlari bilan ishlash hamda ma’lumotlarni tahlil qilishning zamonaviy usullari bilan tanishdilar.

Mashg‘ulot davomida guruhli loyihalar, amaliy topshiriqlar va jonli muhokamalar tashkil etilib, geografiya darslarida raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish bo‘yicha ilg‘or tajribalar almashildi.

Asosiy e’tibor — o‘quvchilarning fazoviy tafakkurini rivojlantirish, darslarga qiziqishini oshirish va zamonaviy metodlarni ta’lim jarayoniga tatbiq etishga qaratildi.