Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazi direktori Ijod Axmedov tomonidan 2026-yilning IV choragida viloyatning turli hududlarida jismoniy va yuridik shaxslar vakillari uchun sayyor qabullar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Mazkur uchrashuvlar fuqarolar bilan bevosita muloqotni kuchaytirish, ta’lim sohasiga oid murojaat va takliflarni joyida o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash hamda ularning yechimi yuzasidan tegishli choralarni belgilashga qaratilgan.
SAYYOR QABULLAR MANZILI VA SANALARI:
15-OKTABR, 2026-YIL
Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Qassoblik mahalla fuqarolar yig‘ini hududi, Islom Karimov ko‘chasi, Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazi binosi.
16-NOYABR, 2026-YIL
Jizzax viloyati, Sharof Rashidov tumani, Kuyovboshi mahalla fuqarolar yig‘ini hududi, 62-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi binosi.
15-DEKABR, 2026-YIL
Jizzax viloyati, Paxtakor tumani, Toshkent mahalla fuqarolar yig‘ini hududi, Paxtakor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi binosi.
Murojaat va qo‘shimcha ma’lumot uchun:
Mas’ul xodim: M. Ibragimov
Telefon: +998 91 593 33 37
Sayyor qabullarda fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ko‘tarilgan masalalar belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi. Vakolat doirasidagi muammolar yuzasidan amaliy choralar belgilanadi.
Hurmatli fuqarolar!
Ta’lim sifati, pedagoglarning kasbiy rivojlanishi, metodik xizmatlar hamda markaz faoliyatiga daxldor masalalar bo‘yicha murojaat va takliflaringiz bo‘lsa, sayyor qabullarda ishtirok eting.
Zero, har bir murojaat — e’tibor, har bir taklif — taraqqiyot, har bir samarali muloqot esa muammolar yechimi sari muhim qadamdir!