Matematika formulalardan boshlanadi, ammo uning haqiqiy jozibasi amaliyotda namoyon bo‘ladi!

Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazida oktabr oyida malaka oshirayotgan matematika fani o‘qituvchilari uchun “Fazoviy shakllar” mavzusida ochiq dars tashkil etildi.

Mashg‘ulot G‘allaorol tumanidagi 25-maktab o‘qituvchisi Nosirova Xosiyat Tursunmurodova hamda Baxmal tumanidagi 45-maktab o‘qituvchisi Karimov Umid Norpo‘lat o‘g‘li tomonidan olib borildi.

Dars davomida fazoviy tafakkurni rivojlantirish, geometrik tushunchalarni hayotiy misollar orqali yoritish va samarali metodik yondashuvlar namoyish etildi.

Bir dars — yangi tajriba, yangi g‘oya va yangicha yondashuv!