MATEMATIKANI O‘QITISHDA YANGICHA YONDASHUV: NAZARIYADAN AMALIYOTGA!

Tenglamani yechish — shunchaki noma’lumni topish emas, balki mantiqiy fikrlash va mustaqil xulosa chiqarishga o‘rgatishdir.

Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazida oktabr oyida malaka oshirayotgan tinglovchilar uchun Sharof Rashidov tumanidagi 6-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining oliy toifali matematika fani o‘qituvchisi Sattorova Madina Asrorovna tomonidan “Tenglamalarni o‘qitish usullari” mavzusida ochiq dars mashg‘uloti tashkil etildi.

Mashg‘ulotda tenglamalarni o‘qitishning samarali metodlari, murakkab mavzularni sodda tushuntirish va o‘quvchilarning mantiqiy tafakkurini rivojlantirishga qaratilgan yondashuvlar namoyish etildi.

Tajriba almashildi, yangi metodik g‘oyalar muhokama qilindi.
Zero, samarali dars — tayyor javobni berish emas, o‘quvchini mustaqil yechim topishga o‘rgatishdir!