Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazida oktabr oyi malaka oshirish kurslari tinglovchilari tongni noodatiy va motivatsion ruhda qarshi oldilar.
Ertalab tashkil etilgan interaktiv boshqotirma pedagoglarni bir zumda faol fikrlashga, topqirlik va zukkolikni namoyon etishga chorladi.
Samimiy tabassumlar, qiziqarli savollar va kutilmagan javoblar tonggi muhitga o‘zgacha zavq bag‘ishladi.
Zero, kasbiy rivojlanish nafaqat bilim olish, balki yangicha fikrlashdan ham boshlanadi!