Bugun Jizzax viloyatining barcha tayanch maktablarida Tabiiy fanlar bo‘yicha Kasbiy rivojlanish kuni jarayonlariga start berildi.

Jarayon doirasida Sh. Rashidov tumani va Jizzax shahridagi mentor-o‘qituvchilarning mashg‘ulotlari kuzatildi. Darslarda qo‘llanilayotgan samarali metodlar, zamonaviy yondashuvlar va amaliy tajribalar tahlil qilindi.

Yetakchi o‘qituvchilar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotlarda esa mavjud muammolar, ularning amaliy yechimlari hamda ilg‘or tajribalarni keng ommalashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Muhimi, bu jarayon faqat kuzatuv bilan cheklanmaydi. Har bir dars — tajriba, har bir tahlil — yangi xulosa, har bir muloqot esa kasbiy o‘sishga xizmat qiladi.

Kasbiy rivojlanish kuni — o‘qituvchilar uchun tajriba almashish, izlanish va ta’lim sifatini yanada oshirishga xizmat qiladigan muhim amaliy maydon.