Bugun o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari uchun tashkil etilgan mashg‘ulotlar doirasida Zarbdor tumanidagi 23-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktor o‘rinbosari
Aliqulov Xurshid tomonidan master-klass o‘tkazildi.
2026-yilda menejerlik sertifikatini qo‘lga kiritgan Xurshid Aliqulov o‘z tajribasi asosida ta’lim menejmenti va boshqaruvining o‘ziga xos jihatlari, rahbar faoliyatida pedagogik-psixologik yondashuvlarning ahamiyati hamda zamonaviy menejerlik yo‘nalishlari haqida batafsil ma’lumot berdi.
Master-klass davomida ta’lim muassasasida samarali boshqaruvni yo‘lga qo‘yish, jamoa bilan ishlash, mas’uliyatli qaror qabul qilish hamda rahbarning zamonaviy boshqaruv ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar va tajribalar o‘rtoqlashildi.
Nazariya tajriba bilan uyg‘unlashgan bunday mashg‘ulotlar rahbar kadrlarning kasbiy salohiyatini oshirish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish va ta’lim boshqaruvida yangi yondashuvlarni keng joriy etishga xizmat qiladi.
