Jizzax viloyatining 13 ta hududidagi 14 ta tayanch maktabgacha taʼlim tashkilotlarida Metodik mahorat kuni tadbirlariga start berildi.
Mazkur tadbir — pedagogning o‘z ustida tinimsiz ishlashi, ilg‘or tajribalarni o‘rganishi hamda zamonaviy metodlarni amaliyotga joriy etishiga xizmat qiluvchi muhim amaliy maydondir.
14 nafar mentor-trener tashkil etayotgan mashg‘ulotlarda 243 nafar direktor o‘rinbosarining metodik salohiyatini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Nazariya va amaliyot uyg‘unligida o‘tayotgan mashg‘ulotlarda zamonaviy pedagogik yondashuvlar, ilg‘or tajribalar va samarali metodlar atroflicha muhokama etiladi.
7–19-oktabr kunlari viloyatdagi barcha davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagoglari uchun “Metodik mahorat soati” tadbirlari davom ettiriladi.
Yangi bilim. Yangi yondashuv. Yangi natija.
