Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazida oktabr oyida tashkil etilgan malaka oshirish kurslariga start berildi.

Markaz yana izlanish, yangilanish va kasbiy rivojlanishni maqsad qilgan pedagoglarni o‘z bag‘riga oldi. Bu yerda har bir mashg‘ulot — yangi bilim, har bir uchrashuv — tajriba, har bir g‘oya esa kelajakdagi samarali darslar uchun muhim imkoniyatdir.

Malaka oshirish jarayoni davomida tinglovchilar zamonaviy pedagogik yondashuvlar, ilg‘or metodikalar va amaliy tajribalar bilan yaqindan tanishib, o‘z kasbiy salohiyatini yanada boyitadi.

Xush kelibsiz, aziz pedagoglar!

Yangi bilimlar, yangi g‘oyalar va yangi imkoniyatlar sari birgalikda qadam tashlaymiz!