
Ba’zi e’tiroflar borki, uning zamirida yillar davomida qilingan mehnat, mas’uliyat va kasbga sadoqat mujassam bo‘ladi. 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazi direktori Ijod Axmedov hamda akademik faoliyat bo‘yicha direktor o‘rinbosari Axadulla Raxmatullayev O‘zbekiston Respublikasining “Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar.
Bu yuksak mukofot — ularning ta’lim sohasidagi ko‘p yillik fidokorona mehnati, kasbiga sadoqati va soha rivojiga qo‘shayotgan munosib hissining e’tirofidir.
Ta’lim sohasida rahbar bo‘lish — avvalo, katta mas’uliyat. Bu yo‘lda har bir natija ortida izlanish, mehnat, sabr va jamoa bilan yelkama-yelka amalga oshirilgan ezgu ishlar bor.
Shu bois bugungi quvonch — nafaqat rahbarlarimizning, balki butun jamoamizning quvonchi va faxridir.
Hurmatli Ijod Ahmedov va Axadulla Raxmatullayev!
Sizlarni ushbu sharafli mukofot bilan jamoamiz nomidan samimiy muborakbod etamiz! Ta’lim ravnaqi yo‘lidagi ezgu ishlaringiz, tashabbus va sa’y-harakatlaringiz yangi yutuqlarga ulanaversin.
Mehnatingiz e’tirofli, zafarlaringiz bardavom bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Jizzax viloyati Pedagogik mahorat markazi jamoasi