1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan Jizzax viloyati Pedagogik mahorat markazi rahbariyati tashabbusi asosida markaz jamoasi hamda tinglovchilari uchun unutilmas bayram tuhfasiga aylangan madaniy tadbir tashkil etildi.
Jizzax viloyati musiqali drama teatrida namoyish etilgan “Nodirabegim” spektakli ustozlarga bo‘lgan yuksak ehtirom, milliy qadriyatlar va san’atga muhabbatni bir sahnada uyg‘unlashtirdi.
Bu kun shunchaki spektakl tomoshasi emas, balki qalblarga iliqlik olib kirgan, ustozlik kasbining naqadar sharafli va ulug‘ ekanini yana bir bor his qildirgan ma’naviy uchrashuv bo‘ldi.
Sahna ortidan yangragan har bir so‘z, har bir obraz, har bir kechinma tomoshabinlarni tarix, ma’rifat va insoniy tuyg‘ular olamiga yetakladi. Bayramona muhit esa ustoz va murabbiylarga bo‘lgan hurmatni yanada teran his etishga undadi.
JizPMM Axborot xizmati