Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazida malaka oshirish mashg‘ulotlari zamonaviy metodlar, raqamli imkoniyatlar va amaliy faoliyat uyg‘unligida davom etmoqda.
Kimyo yo‘nalishida tinglovchilar raqamli amaliy dasturlar va onlayn resurslarning dars jarayonidagi imkoniyatlarini o‘rgandilar. Mashg‘ulot davomida zamonaviy vositalardan foydalanish, mavzuni vizuallashtirish va o‘quvchi faolligini oshirishga qaratilgan yondashuvlar amalda sinab ko‘rildi.
Ingliz tili yo‘nalishida esa interaktiv o‘yin va mashqlar orqali lug‘at boyligini oshirish, yangi so‘zlarni faol nutqqa olib kirish, o‘quvchilarni erkin muloqotga jalb etish usullari markaziy o‘rinni egalladi.
Fizika va astronomiya fani tinglovchilari uchun tashkil etilgan mashg‘ulotlarda esa fanlararo integratsiya va STEAM texnologiyalari asosida ishlashga alohida e’tibor qaratildi. Tinglovchilar guruhlarda iqlim o‘zgarishlariga fizik yechimlar bo‘yicha o‘z innovatsion loyihalarini ishlab chiqib, ularni himoya qildilar.
Zamonaviy ta’limning kuchi ham shunda: tinglovchi faqat bilim olmaydi, balki izlanadi, yaratadi va o‘z tajribasini boyitadi.